Шавкат Мирзиёев «Шарафли легион» ордени билан тақдирланди
· Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo’lgan tashrifi davomida Fransiyaning eng yuqori mukofoti — Faxriy legiyon ordeni bilan taqdirlandi.
· Ushbu nufuzli mukofot Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan topshirildi.
· O‘zbekiston prezidenti ushbu orden bilan davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, do‘stlik va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi ulkan hissasi uchun taqdirlandi.
· Prezident, fransuz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikdagi yuqori yutuqlarni va ikki tomonlama aloqalarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarishni ta’kidladi.
· Faxriy legiyon ordeni — Fransiyaning eng yuqori mukofoti bo‘lib, 1802-yil 19-mayda Napoleon Bonapart tomonidan tashkil etilgan. Nomi qadimgi Rim armiyasining tashkiliy birligi — legiyondan olingan.