19 yoshli yigit ekstremistik diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 3 yilga qamalgan.

Nurobod tumanida yashovchi 19 yoshli yigit Telegram’da diniy-ekstremistik materiallarni tarqatgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. U qo‘shiqlarini mazmunini tushunmay joylab, sudda tavba qildi.

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi 19 yoshli yigit diniy ekstremistik materiallarni tarqatgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

· Yigit Telegram messenjerida guruh yaratib, u yerda bir yarim yil davomida ekstremistik g‘oyalarni o‘z ichiga olgan diniy qo‘shiqlarni joylashtirgan.

· Sud jarayonida u arab tilini bilmasligini aytib, mazmunini tushunmay, o‘ziga yoqqan qo‘shiqlarni shunchaki joylashtirgan.

· Guruhda beshta diniy qo‘shiq topilgan, ularning barchasi uning telefonidan yuklab olingan.

· Sud uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining diniy ekstremistik materiallarni tarqatish bilan bog‘liq 244−1-moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va 57-moddaga asosan yengilroq jazo qo‘llab, uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jazo ayblanuvchining pushaymonligi inobatga olingan holda tayinlangan.