«Manchester Siti» futbolchisi Rodri «Oltin to’p»ni qo’lga kiritdi
«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri France Football jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun taqdim etilgan «Oltin to’p»ni qo’lga kiritdi. Marosim 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tdi.
· Rodri 2024 yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, unda ispan jamoasi g‘alaba qozondi, shuningdek, “Manchester Siti” bilan Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqdi.
· U Alfredo Di Stefano va Luis Suaresdan keyin ushbu mukofotni qo’lga kiritgan uchinchi ispaniyalik bo’ldi.
· Rodri o‘z nutqida bu g‘alaba nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki butun ispan futbolining e’tirofi ekanligini ta’kidlab, bu sovrinni olmagan boshqa buyuk futbolchilarni ham tilga oldi.
· U sentabr oyida olgan jarohati tufayli marosimda sahnada tayoqchalar bilan yurdi.
· “Oltin to‘p” ayollar o‘rtasida ketma-ket ikkinchi yil ispaniyalik “Barselona” futbolchisi Aytana Bonmatiga topshirildi, eng yaxshi yosh o‘yinchi mukofoti esa “Barselona”dan 17 yoshli Lamin Yamalga berildi.
· «Real Madrid» 2024 yilning eng yaxshi klubi deb e’tirof etildi, biroq uning vakillari Vinisius «Oltin to’p»ni olmaydi degan mish-mishlardan so’ng marosimni boykot qilishdi.
· O’tgan yili mukofot eng ko’p «Oltin to’p» sohibi bo’lgan Lionel Messiga topshirilgandi – u sakkizta.