O‘zbek ayollari eng ko‘p ona bo‘ladigan yosh

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘n oyida 783,8 ming yangi tug‘ilgan chaqaloq ro‘yxatga olingan. Onalarning asosiy qismi (59,3%) 25-39 yoshdagilar, shu yoshdagi otalar esa 82,4%ni tashkil qiladi.

· O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 783,8 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ro‘yxatga olindi, bu esa mamlakatda tug‘ilish darajasi barqarorligini ko‘rsatadi.

· Bu davrda farzand ko‘rgan onalar orasida 25 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi – 463 842 nafar, bu umumiy ko‘rsatkichning 59,3 foizini tashkil etadi.

· Yangi tug’ilgan chaqaloqlar umumiy sonining 39,5 foizini 25 yoshgacha bo’lgan yosh onalar tashkil etadi, bu esa 309 664 nafar bolaga to’g’ri keladi.

· Otalar bo’yicha eng ko’p vakillik guruhi 25-39 yoshdagi erkaklar bo’lib, umumiy sonining 82,4 foizini (645 434 kishi) tashkil etadi.

· 25 yoshgacha bo‘lgan otalar guruhida 84 700 nafar (10,8 foiz), 40 yoshdan oshgan erkaklar o‘rtasida 52 955 nafar (6,8 foiz) kishi ro‘yxatga olingan.

· Bu maʼlumotlar Oʻzbekiston yoshlari orasida ijtimoiy va iqtisodiy omillar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan keyinchalik ota-ona boʻlish tendentsiyasini koʻrsatadi.