Новости, которым вы можете доверять!
Toshkent shahri va Navoiy viloyatida xorijda ishlashni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi
O‘zbekistonda xorijga ishga joylab berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Ulardan biri AQSHda ishga joylash va’da qilib, 21 ming dollar, ikkinchisi Polshada ishga joylash uchun 1000 dollar va 6,3 million so‘mni aldab olgan. Holat yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
· O‘zbekistonda xorijga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
· Qo‘lga olinganlardan biri, fuqaro A.N. yuqori martabali tanishlari yordamida AQSH ga ishlashga jo‘natish va’dasi bilan shaxsni aldab, undan 21 ming dollar pul talab qilgan.
· Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida so‘ralgan summadan 9 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda A.N.
· Navoiy viloyatining Xatirchin tumanida fuqaro M.I ushlanib, u Polshaga ishga joylashtirishni va’da qilib, tanishi Y.Sh.dan 1000 dollar va 6,3 mln.
· Qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.