Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolash arafasida
“Manchester Siti” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va Fransiyaning “Lens” klubi futbolchisi Abduqodir Husanovning transferiga qiziqish bildirmoqda.
· «Manchester Siti» qishki transfer oynasida Xusanovni sotib olish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.
· Futbolchiga Yevropaning boshqa yetakchi klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
· Xusanov 2023-yildan buyon “Lens”da to‘p suradi, uning klub bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi va joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16ta o‘yin o‘tkazdi.
· Dekabr oyida Xusanov Transfermarkt talqini bo’yicha 12 million yevro bozor bahosi bilan Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylangani ma’lum bo’ldi.
· Oktabr oyida himoyachi Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
· Shuningdek, 2024 yilning noyabr oyida Angliyaning «Tottenhem» klubining qiziqishi haqida ma’lum bo’ldi.
Xusanov o‘zining ajoyib o‘yinlari va xalqaro maydondagi yuksak yutuqlari evaziga top-klublar e’tiborini tortishda davom etmoqda.