O‘zbekiston logistika indeksida: qaysi o‘rinni egallaydi?
O‘zbekiston LPI (Logistics Performance Index) reytingida 2,5 ball to‘plagan holda 139 davlat orasida 107-o‘rinni egalladi.
· Markaziy Osiyoda Qozog‘iston 2,7 ball bilan 95-o‘rinda, Tojikiston va Qirg‘iziston esa 2,5 va 2,3 ball bilan mos ravishda 124 va 133-o‘rinlarda.
· Reyting yetakchisi 4,3 ball to‘plagan Singapur bo‘ldi, oxirgi o‘rinlarni esa 1,9 ball bilan Afg‘oniston va Liviya egalladi.
· LPI bojxona tartib-taomillarining samaradorligi, transport infratuzilmasi sifati, logistika xizmatlarining mavjudligi, yuklarni kuzatish imkoniyati va o‘z vaqtida yetkazib berish kabi oltita asosiy ko‘rsatkichga asoslanadi.
· Ushbu ko’rsatkichlar bojxona tekshiruvlarining tezligi va taxminiyligi, portlar va yo’llarning holati, yuk tashish xarajatlari kabi jihatlarni qamrab oladi.
Shunday qilib, indeks natijalari O‘zbekistonning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish uchun logistika infratuzilmasi va xizmatlarini yaxshilash zarurligini ta’kidlaydi.