Andijonda besh kishi O‘zbekiston konyakidan zaharlanib vafot etdi
Andijon viloyatida qalbaki konyakdan foydalanish bilan bog‘liq ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi.
· 22-26 dekabr kunlari viloyatda aksiz markasi boʻlmagan Oʻzbekiston konyakini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan 22 ta oʻtkir zaharlanish holati qayd etilgan.
· Zaharlanish natijasida tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, afsuski, 5 kishi vafot etdi.
· Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi, unga prokuratura tergovchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etildi.
· Tezkor-qidiruv guruhi voqea holatlarini aniqlashtirish va aybdor shaxslarni aniqlash ustida ishlamoqda.
Bu holat alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish va bu boradagi qonunchilikka rioya etish zarurligini ta’kidlaydi.