Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveytsariyadagi elchisi etib tayinlandi.
· O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov ham qarorgohi Berlinda bo‘lgan Shveytsariyadagi elchi bo‘ldi.
· 25-oktabr kuni u Shveytsariya Prezidenti Viola Amherdga ishonch yorliqlarini topshirdi, u o‘z hukumati O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
· Shveysariya O‘zbekiston bilan mineral resurslarni o‘zlashtirish, yashil iqtisodiyot va energetikani rivojlantirish, shuningdek, suv va energiyani tejashga qaratilgan texnologiyalarni joriy etish kabi sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
· Shveytsariya Prezidenti, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etish va ekologik muammolarni hal etishda birgalikda harakat qilish muhimligini qayd etdi.
· Bundan tashqari, O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimiga dual ta’limning Shveytsariya modelini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
· Dilshod Axatov 2023-yil kuzida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan edi, u avval mamlakatning Hindistondagi elchixonasini boshqargan;