Farg‘onada 900 million so‘mlik iPhone 16 ProMax smartfonlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Farg‘ona shahrida bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan “Lasetti” rusumli avtomashina qo‘lga olinib, uning ichidan hujjatsiz qiymati 900 million so‘mlik 44 dona iPhone 16 ProMax rusumli uyali telefonlar topildi. Tergovga qadar tergov harakatlari boshlandi.

· Farg‘ona viloyatida bojxonachilar Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda kontrabandaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tadbir o‘tkazdi.

· Tadbir davomida huquq-tartibot idoralari nazorati ostida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina qo‘lga olindi.

· Tekshiruv natijasida avtomashinadan umumiy qiymati 900 million so‘m bo‘lgan “iPhone 16 ProMax” rusumli 44 dona uyali telefonlar topildi.

· Qo‘lga olingan telefonlarga tegishli hujjatlar taqdim etilmagani bojxona organlarida shubha uyg‘otdi.

· Hozirda ishning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlar davom etmoqda.