Farg‘onada saylov qonunchiligini buzgan saylov komissiyasi a’zosi jazolandi

Farg‘ona viloyatidagi saylov uchastkalaridan birida komissiya a’zosi o‘zgalar nomidan bir nechta saylov byulletenlarini bergan. Sud huquqbuzarni aybdor deb topib, 375 ming so‘m jarimaga tortdi.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi saylov uchastkasida saylov qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yildi.

· Saylov komissiyasi a’zosi bir saylovchiga bir nechta saylov byulletenlarini berib, unga o‘z yaqinlari nomidan ovoz berish imkonini berdi.

· Ushbu qoidabuzarlik aniqlangan va sud tomonidan ko’rib chiqilib, ushbu harakat qonunga zid deb topilgan.

· Aybdor deb topilgan saylovchi saylov yakunlanishi arafasida vaqtni tejashga harakat qilayotganini aytdi va qilmishidan afsusda ekanligini bildirdi.

· Saylov byulletenlarini berish tartibini buzganligi uchun sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-10-moddasiga asosan 375 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Bu voqea saylov qonunchiligiga rioya qilish muhimligini, kelgusida bu kabi qonunbuzarliklarning oldini olish zarurligini ko‘rsatadi.