Janubiy Koreyada o’rmon yong’inlari natijasida 18 kishi halok bo’ldi


· Janubiy Koreyadagi o’rmon yong’inlari natijasida halok bo’lganlar soni 18 nafarga yetdi, bir kishi bedarak yo’qolgan.
· Yong’inlar o’tgan juma kuni Janubiy Gyeongsan viloyatidagi Sancheon tumanida boshlangan va yaqin atrofdagi Ison, Andon, Chonsan, Yeonyang va Yeondok tumanlariga tarqalgan.
· Yong’inlarni kuchaytirayotgan kuchli va quruq shamollar vaziyatni yanada og’irlashtirmoqda.
· Hozirga qadar yong’inlar 17 ming gektar o’rmon va 209 ta uy va fabrika yo’q qilgan.
· Yong’inni o’chirishga taxminan 5000 harbiy xizmatchi, 146 vertolyot, 3100 dan ortiq yong’in o’chiruvchi va 4600 dan ziyod davlat xizmatchisi jalb etilgan.
· Vaqtincha prezident Han Daksu hozirgi yong’inlarni mamlakat tarixidagi «eng dahshatli» holat deb atadi va ularni oldini olish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rishga chaqirdi.