Mirziyoyev yangi bog‘ga ko‘chat ekdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ barpo etdi. Rejalarda 100 gektar maydonga 100 ming tup ko‘chat ekish, “yashil belbog‘” va tabiiy o‘rmon yaratish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekishda ishtirok etdi.

· “Yashil makon” loyihasi uch yil avval prezident tashabbusi bilan boshlangan va mamlakatni ko‘kalamzorlashtirishga fuqarolarni jalb qiluvchi ommaviy harakatga aylangan.

· O‘tgan yillarda Mirziyoyev Toshkentning Yangi Toshkent, Sirg‘ali, Chilonzor kabi turli tumanlarida ko‘chat o‘tqazgan edi.

· Joriy yilda Bektemir tumanida poytaxtimiz halqa yo‘li bo‘yida belgilangan 100 gektar maydonda yangi yashil maydon barpo etildi.

· Loyiha doirasida ikki yil davomida 100 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish, ularni sug‘orish uchun uchta sun’iy suv ombori va 12 quduq yaratish rejalashtirilgan.

· Loyihaning asosiy maqsadi shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish, shuningdek, ular atrofida “yashil belbog‘” va tabiiy o‘rmon yaratishdan iborat.

· Shavkat Mirziyoyev tabiatni asrash muhimligini ta’kidlab, uni “ona” deb atadi va zamonaviy ekologik muammolar sharoitida “Yashil Makon” loyihasi ayniqsa dolzarb bo‘lib borayotganini ta’kidladi.

· Kelgusi yil mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish yili deb e’lon qilinadi, bu esa ekologik muammolarga jiddiy yondashishga urg’u beradi.