O‘zbekiston aholisi soni 37,5 million kishidan oshdi
· O‘zbekiston aholisi 2025-yil 1-yanvar holatiga 37 million 543,2 ming kishiga yetdi, bu 2024-yilga nisbatan 2 foizga ko‘pdir.
· Aholi tarkibida 50,4% erkaklar (18,9 mln.), 49,6% ayollar (18,6 mln.). Shahar aholisi umumiy sonining 51 foizini, qishloq aholisi esa 49 foizini tashkil qiladi.
· Respublikada aholi zichligi har kvadrat kilometrga 83,6 nafarga yetdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 1,6 nafarga ko‘pdir.
· Aholi zichligi eng yuqori Toshkent shahrida – 1 kvadrat kilometrga 6948,1 kishi, eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyati (9,9) va Qoraqalpog‘istonda (12,2) qayd etilgan.
· 2024-yilda mamlakatimizda 926,4 ming bola tug‘ildi, bu 2023-yilga nisbatan 3,7 foizga kam. Bu tug‘ilish darajasining 2017-yildan beri birinchi marta pasayishi.
· Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning umumiy sonining 51,8 foizini o’g’il bolalar, 48,2 foizini qizlar tashkil etdi. Eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatiga toʻgʻri keldi (12%).
· 2024-yilda vafot etganlarning umumiy soni 174,4 ming kishini tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘pdir. O’limning asosiy sabablari qon aylanish tizimi kasalliklari (57,6%).
· 2024-yilda ro‘yxatga olingan nikohlar soni 271,8 mingtani tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 12 mingtaga kam bo‘lib, pasayish tendentsiyasini davom ettirmoqda.
· 2024-yilda ajralishlar soni 45,1 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8,3 foizga kam, ammo 2021-yilgacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan yuqori.
· 2024-yilda O‘zbekistonga 241,8 ming kishi kelgan, muhojirlarning asosiy ulushi Rossiya (36,5%) va Qozog‘iston (24,2%).
· Mamlakatni tark etganlarning umumiy soni 250,4 ming kishi bo‘lib, ularning asosiy qismi Qozog‘istonga ketgan (81,1%).
Xulosa: O‘zbekiston o‘zining demografik tuzilmasidagi dinamik o‘zgarishlarni, tug‘ilish va migratsiyaning sezilarli tebranishlarini namoyish etishda davom etmoqda, bu esa davlat organlaridan qo‘shimcha tahlil va e’tiborni talab qiladi.