“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotdagi bezorilik holatiga javob qaytardi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Sochidan Toshkentga uchayotgan samolyotda styuardessaning ta’qib qilinishi bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirdi. Qoidalarni buzgan yo'lovchi jinsiy zo'ravonlik va bortda spirtli ichimlik iste'mol qilganlikda aybdor deb topilib, besh sutkalik hibsga olindi va jarimaga tortildi. Aviakompaniya huquqbuzarlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rish majburiyatini ta'kidladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Sochidan Toshkentga uchayotgan samolyotda styuardessaning bezovtalanishi bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi.

· 2024-yil 31-dekabrda amalga oshirilgan HY686 reysi bortida yo‘lovchilardan biri spirtli ichimlik iste’mol qilib, styuardessalarga nisbatan tajovuzkorlik ko‘rsatib, xulq-atvor qoidalarini buzgan.

· Yo‘lovchi boshqa yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirib, aviakompaniya xodimlariga nisbatan noo‘rin xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan.

· O‘z qilmishi natijasida huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1 (Jinsiy zo‘ravonlik) va 187-moddasi (Jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish) bilan aybdor deb topildi.

· Sud hukmi bilan huquqbuzarga nisbatan besh sutkalik qamoqqa olish, shuningdek, 1 ta asosiy hisob-kitob summasi miqdorida jarima belgilandi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarning xulq-atvorini qat’iy nazorat qilish va bortda xavfsizlikni ta’minlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidlaydi.