O‘zbekiston va Germaniya o‘zbek diplomlarini tan olish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va texnikumlari diplomlarini tan olish masalasi muhokama qilindi. Germaniya ta’lim va migratsiya mutaxassislari bilan olib borilgan uchrashuvda ANABIN ma'lumotlar bazasiga O‘zbekiston ta'lim muassasalarini kiritish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik yoshlarni ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish va Germaniyada ishlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

· O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar diplomlarining Germaniyada tan olinishi masalasi 1 aprel kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Shoxruh G‘ulomovning Germaniyadan kelgan ta’lim va migratsiya sohasidagi mutaxassislar delegatsiyasi bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

· Tomonlar O‘zbekiston ta’lim muassasalarini Germaniyaning ANABIN ma’lumotlar bazasiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Ushbu baza Germaniyada xorijiy diplomlarni tan olish uchun ishlatiladi.

· Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish va keyinchalik Germaniya korxonalarida ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

· Shuningdek, Germaniyada ishlashni rejalashtirayotgan nemis mutaxassislari uchun O‘zbekistonda imtiyozlar berish masalasi ko‘rib chiqildi.

· Uchrashuvda Germaniyaning savdo-sanoat palatalarining mintaqaviy direktorlaridan tashqari, GP Günter Papenburg kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

· ANABIN (Anerkennung und Bewertung ausländischer Bildungsnachweise) – Germaniya Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan xorijiy diplomlar va ta’lim muassasalarini tan olish va baholash uchun mo‘ljallangan rasmiy ma’lumotlar bazasidir.

· Ushbu tizim xorijiy diplomlarning nemis ta’lim standartlariga muvofiqligini baholaydi va nemis ish beruvchilari, oliy o‘quv yurtlari va davlat organlariga xorijiy fuqarolar diplomlarining tan olinganligini tushunishga yordam beradi.

· O‘zbekiston prezidenti mart oyining boshida Germaniya bilan migratsiya va harakatlilik sohasida keng ko‘lamli hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi.