O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalar bilan sayohat qilishga ruxsat berishi mumkin

O‘zbekiston va Ozarbayjon chegaradan o‘tish uchun biometrik ID-kartalarni tan olish masalasini muhokama qilmoqda, bu fuqarolarning sayohatini soddalashtiradi, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi. 2023-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ID-kartadan sayohat qilish uchun foydalanishlari mumkin.

· O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari chegarani kesib o‘tishda ikki davlat fuqarolarining biometrik ID-kartalarini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

· O‘zbekiston va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining migratsiya xizmatlari va yuridik bo‘limlari vakillari o‘rtasidagi onlayn muzokaralar davomida ushbu masala muhokama qilindi.

· ID-kartalarning tan olinishi fuqarolar uchun sayohat jarayonini osonlashtirishi va qulaylik yaratishi kutilmoqda.

· Tomonlar migratsiya siyosati sohasidagi bunday hamkorlik savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

· Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan chet el pasportlari bilan birga ID kartalari bilan ham o‘tishi mumkin.

· 2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston va Tojikiston bilan tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha xuddi shunday farmoyishni amalga oshirish rejasini ma’lum qilgan edi.

· O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab bir qator hujjatlar, jumladan, pasport va haydovchilik guvohnomalarining raqamli nusxalari qog‘ozdagilar bilan teng ravishda tan olinadi.