O‘zbekistonda havo taksilari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda “Toshkent-Vostochniy” aeroportida Jetex kompaniyasi bilan hamkorlikda havo taksisi va VIP xizmatini joriy etish rejalashtirilmoqda. Loyiha 200 dan ortiq ish o‘rni yaratish va samolyotlarga kompleks texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

O‘zbekistonda “Toshkent-Vostochniy” yangi aeroportida havo taksi va VIP xizmatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

· Loyiha biznes aviatsiyasi sohasida yetakchi o‘yinchilardan biri bo‘lgan Amirlikning Jetex kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik doirasida amalga oshirilmoqda.

· Imzolangan memorandumga muvofiq, Jetex aeroportda FBO (Fixed Base Operator) xizmatini yaratadi, u havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kabi xizmatlarning to‘liq majmuasini o‘z ichiga oladi.

· Bundan tashqari, ushbu loyiha O‘zbekistonda 200 dan ortiq yuqori malakali ish o‘rinlarini yaratish imkonini beruvchi biznes aviatsiya samolyotlarini sotish, ta’mirlash va saqlash xizmatlarini ko‘rsatadi.

· Jetex 2005-yilda tashkil etilgan va shu vaqtdan beri dunyoning 50 dan ortiq joylarida mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi besh qit’ada 30 ta biznes uyushmalarining keng tarmog’ini yaratdi.

Ushbu xizmatlarning joriy etilishi mamlakatda xizmat ko’rsatish darajasini sezilarli darajada oshiradi va biznes aviatsiyasi sohasiga yangi mijozlarni jalb qiladi.