O‘zbekistonda saylovda ovoz berish: saylov jarayonidan fotoreportaj

Bugun O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi boshlandi. Soat 8:00 da saylov uchastkalari ochilib, ularda komissiya a’zolari tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Voqea joyida kuzatuvchilar va tibbiyot xodimlari qatnashmoqda. Chilonzor tumanida 7 mingdan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ovoz berish jarayoni boshlandi. Anhor.uz saylovdan fotoreportajni taqdim etadi.

· Bugun soat 08:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi Kengashlarga saylov boshlandi. Ovoz berish jarayoni saylov qutilarini muhrlash va byulletenlarni tayyorlash bilan boshlandi.

· Chilonzor tumani Navbahor mahallasida joylashgan 309-saylov uchastkasi 2575 nafar saylovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

· 311-sonli saylov uchastkasi bo‘yicha 2830 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, soat 9:00 ga qadar 40 nafar saylovchi ovoz berdi. 240 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.

· Har bir saylov uchastkasida partiya kuzatuvchilari, tibbiyot xodimlari, saylov komissiyasi a’zolari faoliyat yuritayotgani jarayonning shaffofligi va xavfsizligini ta’minlamoqda.

· Chilonzor tumanidagi 184-maktabda joylashgan 306-saylov uchastkasi 2368 nafar saylovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Umuman olganda, saylovlar tinch-osoyishta o‘tmoqda, saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etmoqda.