Parkentdagi xususiy hayvonot bog‘i qo‘riqchisi sher hujumi qurboni bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi “Lion Park” xususiy hayvonot bog‘ida fojia yuz berdi: uchta sher qafasdan chiqib, ularni qaytarishga uringan qorovulga hujum qildi. Odam o'ldi, bitta sher otib tashlandi, ikkitasi qo'lga tushdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

· Toshkent viloyatidagi “Lion Park” xususiy hayvonot bog‘ida fojiali voqea yuz berdi, natijada sherlar hujumidan so‘ng qorovul halok bo‘ldi.

· 17-dekabr kuni ertalab uchta afrikalik sher eshik ochiq qolgani uchun qafasdan qochib ketdi. Hayvonlarni olib kelmoqchi bo‘lgan qo‘riqchi ularning hujumi qurboni bo‘ldi.

· Hodisa hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 9:00 da aniqlangan. Ikki sher uxlatuvchi dorilar yordamida qafasiga qaytarilgan, biroq uchinchi sher hayvonot bog‘i rahbariyati qarori bilan otib o‘ldirilgan.

· Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari, prokuror va ekologiya mutaxassislari yetib kelib, surishtiruv ishlarini olib borish va voqea joyini ko‘zdan kechirishdi.

· Hayvonot bog‘ini ko‘zdan kechirish chog‘ida qolgan yirtqich jonivorlar o‘z qafaslarida bo‘lib, ular mahkam yopilganligi aniqlandi.

· Lion Park hayvonot bog‘i 2019-yilda ro‘yxatga olingan va o‘z faoliyati uchun barcha zarur litsenziyalarga, jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ruxsatiga ega.

· Hayvonot bog‘ida turli hayvonlar turlari, jumladan, 10 ta katta yoshli Afrika sherlari va 5 ta sher bolalari, shuningdek, boshqa sutemizuvchilar va qushlar yashaydi.

· Hozirda hodisa sabablarini aniqlash va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.