Parlamentda Nukus voqealari yuzasidan hisobot ko‘rib chiqildi
· Oliy Majlis Kengashi majlisida “Nukus voqealari” komissiyasi o‘z hisobotini taqdim etdi.
· Jinoyat ishi doirasida sudgacha hibsga olingan 168 nafar shaxsdan 107 nafari Komissiya qarori bilan ozodlikka chiqarilgan.
· Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 943 nafar shaxs huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ogohlantirildi, 6135 nafari jarimaga tortildi, 2639 nafari ma’muriy qamoqqa oldi, 61 nafari jinoyat sodir etganligi uchun javobgarlikka tortildi.
· Tartibsizliklar vaqtida 21 kishi, jumladan, ikki nafar huquq-tartibot organi xodimi halok bo‘ldi, 413 kishi jarohatlandi, shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridir.
· Tartibsizliklar natijasida yetkazilgan moddiy zarar 6,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
· Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi tartibsizliklarni bostirish jarayonida inson huquqlarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.
Taqdim etilgan ma’ruza natijasida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar ham fuqarolar, ham huquq-tartibot idoralari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.