Qashqadaryoda antiqa tangalarni noqonuniy olib chiqishga chek qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro amirligi davridan qolgan 116 dona qadimiy tanganing noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olindi. Tangalar Moskvaga uchishni niyat qilgan fuqaroning bagajidan topilib, muzeyga topshirildi. Ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro amirligi davriga oid qadimiy tangalarni noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi.

· Moskvaga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro X.K.ning bagajini tekshirish chog‘ida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tarixiy qiymatga ega bo‘lgan metall tangalar aniqlangan.

· Rentgen tekshiruvi chogʻida Oʻzbekistondan olib chiqib ketish taqiqlangan 50 yildan ortiq vaqt oldin zarb qilingan 116 dona qadimiy tangalar olib qoʻyildi.

· Qo‘lga olingan tangalar Qashqadaryo viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga topshirilib, ular saqlanadi va ekspertizadan o‘tkaziladi.

· Madaniy meros agentligi xulosasida aytilishicha, musodara qilingan tangalar orasida Buxoro amirligi davrida chiqarilgan nusxalar ham bor.

· Voqea yuzasidan qo‘lga olingan fuqaroga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.