Surxondaryoda ombor mudiri aholi uchun moʻljallangan 1470 tonna koʻmirni noqonuniy ravishda sotgan.

Uzun tumanidagi omborxona mudiri aholi uchun mo‘ljallangan 1470 tonna ko‘mirni noqonuniy ravishda sotib, tushgan mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan. Tezkor tekshiruv natijasida 5 ming qop koʻmir saqlagan va sotishni rejalashtirgan vositachi qoʻlga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

· Uzun tumanida aholi uchun moʻljallangan koʻmir sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati aniqlandi.

· “Kumir ta’minot” MChJ ombor mudiri E.R. isitish uchun mo‘ljallangan 1 ming 470 tonna ko‘mirni oshirilgan narxlarda noqonuniy ravishda sotgan.

· Olib borilgan tezkor tadbir davomida 5 ming qop koʻmir saqlagan va 100 million soʻmga sotishni rejalashtirgan fuqaro F.M.

· F.M. ko‘mir uchun 5 ming AQSH dollari avans olayotgan vaqtida ushlandi.

· Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bunday xatti-harakatlar natijasida qoidabuzarlar kuz-qish mavsumida aholini zarur resurslar bilan ta’minlash tizimiga putur yetkazmoqda.