Toshkent viloyatida noyob tog‘ echkisini o‘ldirgan brakoner qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida noyob tog‘ echkisini noqonuniy ovlab, tabiatga 16 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Uni jarima va sud kutmoqda.
· Toshkent viloyatida nodir tog‘ echkisini noqonuniy otgan shaxs qo‘lga olindi.
· Hodisa 4-noyabr kuni Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro tegishli ruxsatnomasiz o‘z qurolini ov qilish uchun ishlatganida sodir bo‘lgan.
· Viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar 16 million 875 ming so‘mni tashkil etadi.
· Ov va baliq ovlash qoidalarini buzganlik holatlari yuzasidan ekologiya inspektorlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma tuzildi.
· Ish sudga yuborilib, huquqbuzarning quroli olib qo‘yilib, tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.
· Erkak o’z qilmishi uchun jiddiy jazolanishi mumkin.