Toshkent viloyatida qiymati 8 milliard so‘mlik ipakchilik majmuasi barpo etilmoqda

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tut plantatsiyasiga ega ipakchilik majmuasi qurilishi boshlandi. Investitsiyalar hajmi 8 mlrd.soʻmni tashkil etadi, uchastkaning maydoni 9,7 ga. Yiliga 350 dona ipak qurti qutisi va 25 tonna mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ipakchilik va tut plantatsiyalari uchun yangi majmua qurilishi boshlandi.

· Loyiha 8 milliard so‘mlik investitsiya hisobidan amalga oshirilib, 9,7 gektar maydonni egallaydi.

· Yangi korxonada yiliga 350 quti ipak qurti yetishtirilishi kutilmoqda.

· Shuningdek, 25 tonna turli turdagi ipak mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

· Xitoy tajribasidan kelib chiqib, viloyatda tut pillasi yetishtirish bo‘yicha markazlashtirilgan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Majmua qurilishi viloyatda ipakchilikni rivojlantirish, ipak yetishtirish hajmini oshirishga xizmat qilmoqda.