Toshkentda 13 ming dollarlik antibiotiklarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda 10 ming o‘ram “Levomer” antibiotikini 13 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarining sifatli hujjatlari bo‘lmagan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda 13 ming dollarlik dori vositalarini noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi.

· Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 10 ming o‘ram “Levomer” (levofloksatsin) antibiotikini sotish niyatida bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.

· Qo‘lga olingan giyohvand moddalarning umumiy qiymati 199 million so‘mni tashkil etib, 13 ming dollarga teng.

· Dori vositalari xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarga ega bo‘lmagan.

· Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davom etmoqda, huquq-tartibot idoralari ishning barcha holatlariga oydinlik kiritish ustida ishlamoqda.