Toshkentda epitsentri Afgʻonistonda boʻlgan engil zilzila qayd etildi
28 noyabr kuni Afg‘onistonda 150 km chuqurlikda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 534 km uzoqlikda joylashgan. O‘zbekiston poytaxti aholisi 2-3 ball kuchli yerosti silkinishini his qildi.
· 28 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:49 da Afgʻoniston hududida 150 km chuqurlikda 5,5 magnitudali zilzila qayd etildi.
· Zilzila epitsentri Toshkent shahridan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 534 km uzoqlikda joylashgan.
· O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmik prognozlar monitoringi markazi O‘zbekistondagi zilzila kuchliligi haqida ma’lumot bermadi.
· Toshkent shahrining ayrim tumanlari aholisi 2-3 ball kuchli yerosti silkinishini his qilganini xabar qilgan, buni tahririyat jurnalistlari ham tasdiqlashgan.
· Zilzila aholi uchun sezilarli bo’ldi, biroq O’zbekiston hududida jiddiy oqibatlar qayd etilmadi.