Toshkentdagi chorrahada ikki avtomobil to‘qnashib ketdi: jarohatlanganlar bor

18-oktabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida “Spark” va “Damas” avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida Damas haydovchisi va yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

· Toshkent shahrining Bektemir tumanida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

· Hodisa 18-oktabr kuni soat taxminan 17:50 larda Husayn Boyqara va Bektemir Shox ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.

· 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina 23 yoshli yigit boshqaruvidagi “Damas” avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

· YTH natijasida “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohatlari olib, zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan.

· Hozirda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan hodisa holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.