Ucell Ookla ma’lumotlariga ko’ra 2024 yilda «Eng tezkor uyali aloqa operatori» bo’ldi

Ucell 2024-yilda eng yuqori mobil internet tezligi uchun Ookla mukofotini qo‘lga kiritib, O‘zbekistondagi yetakchi o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. Kompaniyaning tarmoqni rivojlantirishga kiritgan sarmoyalari uch yil davomida 389 million dollardan ortiqni tashkil etdi, bu esa infratuzilmani modernizatsiya qilish va 5G’ni joriy etish imkonini berdi. Ucell shuningdek, 9,5 milliondan ortiq abonentlar uchun yuqori sifatli aloqani ta'minlab, yangi tariflar va qulay ilovalarni taklif etadi.

Ucell xalqaro Ookla kompaniyasi tomonidan 2024 yilning uchinchi va to‘rtinchi choraklari yakunlari bo‘yicha “Internet tezligi bo‘yicha eng yaxshi uyali aloqa operatori” deb e’tirof etilgan holda O‘zbekistonda mobil internet tezligi bo‘yicha o‘zining yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqladi. Bu mukofot mamlakat telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta sarmoya natijasi bo‘ldi.

· 2024-yilda Ucell 136 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan bo‘lsa, so‘nggi uch yilda jami sarmoya 389 million dollarni tashkil etdi.

· Ucell bosh direktori kompaniya muvaffaqiyati butun jamoa, jumladan, muhandislar va savdo vakillarining birgalikdagi mehnati natijasi ekanini ta’kidladi.

· Ucell ketma-ket ikki marta eng tezkor mobil tarmoq uchun Speedtest mukofotini qo’lga kiritdi, bu esa uning yuqori sifatli aloqani ta’minlashga sodiqligini tasdiqlaydi.

· Ucell mobil aloqasining faol foydalanuvchilari soni 9,5 milliondan oshadi, bu esa operatorga bo‘lgan ishonchning yuqoriligidan dalolat beradi.

· 2024-yilda kompaniya abonent to‘lovini o‘zgartirmagan holda Internet-trafikni ikki baravar oshiruvchi va 5G trafikni qo‘shuvchi yangi “Katta Doimiy” tarif liniyasini joriy qildi.

· Foydalanuvchilar funksional Ucell mobil ilovasidan aloqa, uy interneti va bank kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, qo‘shimcha raqamlar va eSIM ulash uchun foydalanishlari mumkin.

· Joriy yilda Ucell 9490 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi, jumladan, 745 tasi 5G stansiyalari, hatto chekka hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkonini beradi.

· Ucell Toshkent shahrida ham infratuzilmani faol rivojlantirmoqda, 31 ta metro bekatida 3G/4G va 5G qamrovini ta’minlamoqda.

· Kompaniya abonentlarga yaqinroq bo‘lish va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlarni o‘qitish va savdo nuqtalari tarmog‘ini kengaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Ucell o‘z foydalanuvchilariga oddiy va arzon xizmatlarni taqdim etishga intilib, O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar rivojida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.