Uzum Bank universal QR orqali karta bilan to’lov va muddatli to’lovni sinab ko’rmoqda

Uzum Bank yangi to'lov vositasini sinovdan o'tkazmoqda - yagona QR. Ushbu vosita orqali foydalanuvchilar tezda tovar va xizmatlarni to'lash yoki xarid paytida bo'lib-bo'lib to'lovni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega. Bu esa kichik va o'rta biznesning o'sishiga yangi imkoniyatlar ochadi.

· Uzum Bank yangi to’lov vositasini sinovdan o’tkazmoqda — yagona QR. Ushbu vosita orqali foydalanuvchilar tovarlar va xizmatlarni tezda to’lashlari yoki xarid paytida bo’lib-bo’lib to’lashni amalga oshirishlari mumkin.

· Tadbirkorlar tovarlar yoki xizmatlar uchun pulni xarid kuni oladilar, mijoz tanlagan to’lov usulidan qat’i nazar.

· Yangi vosita Uzbeksitonda kichik va o’rta biznesning o’sishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bo’lib-bo’lib to’lovni ulash savdoni o’rtacha 30% ga oshiradi, o’rtacha chek esa 50% ga ko’payadi.

· Barcha mablag’lar xarid kuni kompaniya hisobiga o’tadi, va Uzum kartalari orqali ekvayringa komissiya 0% ni tashkil etadi.

· Yangi xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchilarga QR kodni skaner qilish va bank ilovasida qulay to’lov usulini tanlash kifoya: karta yoki bo’lib-bo’lib to’lash — jarayon bir daqiqadan ko’p davom etmaydi.

· Bo’lib-bo’lib to’lovni 25 million so’mgacha bo’lgan limit bilan 30 kungacha foizsiz davrda amalga oshirish mumkin, agar xaridor bu muddat ichida to’lovni amalga oshira olmasa, 12 oylik bo’lib-bo’lib to’lov avtomatik ravishda yoqiladi.

· Hozirda yagona QR orqali to’lov 220 dan ortiq savdo nuqtalarida sinov rejimida mavjud. Uzum Bank iyun oxirigacha butun mamlakat bo’ylab hamkorlarni ushbu xizmatga ulashni rejalashtirmoqda.

· Uzum Bank foydalanuvchilari, ya’ni mamlakatning 5 milliondan ortiq aholisi ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.