YeTTB Xorazmda yuqori voltli elektr uzatish liniyasi qurilishiga sarmoya kiritadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 230 kilometrlik elektr uzatish liniyalarini qurish uchun 66,4 million dollar ajratdi. Loyiha energiya ta’minotini yaxshilash, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati uchun 66,4 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi, bu esa davlat kafolati bilan ta’minlanadi.

· Ajratilgan mablag‘lar 500 kV kuchlanishli, uzunligi 230 kilometr bo‘lgan, Xorazm viloyatidagi Sarimay va Navoiy viloyatining Muruntov shaharlarini bog‘laydigan yangi elektr uzatish liniyasini qurishga yo‘naltiriladi.

· Loyihaning amalga oshirilishi mamlakat energetika tizimidagi muammolarni bartaraf qiladi va ayniqsa, eng yuqori soatlarda elektr energiyasidagi uzilishlar sonini kamaytiradi.

· Loyiha, shuningdek, YeTTB koʻmagida ishlab chiqilgan Oʻzbekistonning kam uglerodli energetikani rivojlantirish strategiyasiga mos keladigan qayta tiklanadigan energiya manbalari integratsiyasini ham qoʻllab-quvvatlaydi.

· Yangi elektr uzatish liniyasining amalga oshirilishi issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga 4143 tonnaga qisqartirishi va elektr energiyasining yo’qotilishini yiliga 34636 MVt/soatga kamaytirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov quyosh va shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan manbalar integratsiyasini taʼminlash uchun elektr energiyasini saqlash va tashish infratuzilmasini yaratish zarurligini taʼkidladi.