Yevropa Ittifoqi Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda yordam bergani uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasini qoʻllab-quvvatlagani va Yaqin Sharqdagi qurolli guruhlar bilan faol hamkorlik qilgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda.
· YeIdan Eronga raketa va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni eksport qilish va o‘tkazish bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi.
· Eron dronlari va raketalarini Rossiyaga jo’natish uchun foydalaniladigan portlar bilan barcha operatsiyalar, shuningdek, tegishli texnologiyalar va komponentlarni uzatish taqiqlanadi.
· Taqiq bunday tashish bilan shug‘ullanuvchi kemalarga xizmat ko‘rsatishga ham taalluqlidir.
· Yangi chora-tadbirlar doirasida Eronning Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorligiga aloqador bir shaxs va to‘rtta tashkilotga, jumladan Eronning IRISL kemachilik kompaniyasi va uning direktoriga qarshi maqsadli sanksiyalar joriy etildi.
Bu qadamlar Yevropa Ittifoqining Eronning mojaroga aralashuvi va Rossiyani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotganidan xavotirlari ortib borayotganini ta’kidlaydi.